Isroilning yuqori martabali mulozimi AQSh Kongressini Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlari sotilishini to‘sib qo‘yishga chaqirib, bu Isroilning harbiy ustunligiga tahdid solishi va Yaqin Sharqdagi vaziyatni beqarorlashtirishi haqida ogohlantirdi.
Rasmiy asosiy xavf sifatida Turkiyaning “neo-usmonli” ambisiyalari, XAMASni qo‘llab-quvvatlashi va Suriyadagi operasiyalarini tilga oldi.
Isroil rasmiysi, shuningdek, Turkiya bilan harbiy to‘qnashuvlar xavfi ortib borayotgani haqida ogohlantirib, Anqaraning maqsadi Usmonlilar imperiyasini tiklash va Quddus ustidan nazoratni o‘rnatishdan iborat: "Isroil mojarodan qochishni afzal ko‘radi, ammo kerak bo‘lganda harakat qilishga tayyor"