Ispaniyadagi suv toshqinlarining oqibatlari aks etgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi.
Tasvirlarda Valensiya mintaqasining toshqinlardan oldingi va keyingi holatini ko‘rish mumkin.
Ispaniyada so‘nggi 50 yildagi eng daxshatli suv toshqinlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bunga oktyabr oyi oxirida mamlakatning bir qancha hududlariga yoqqan kuchli yomg‘irlar sabab bo‘ldi. Toshqinlardan Valensiya avtonom hamjamiyati eng ko‘p zarar ko‘rdi. Minglab aholi elektr ta’minotisiz qolmoqda.