Ispaniyada kuchli suv toshqinlari oqibatida 4 ming gektardan ortiq yer va 3,9 mingga yaqin bino zarar ko‘rdi. Bu haqda sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini e’lon qilgan Yevropa masofaviy zondlash va xaritalash xizmati Kopernik ma’lum qildi.
"Xaritadan ko‘rinib turibdiki, suv toshqini 4100 gektardan ortiq yer usti va 3906 ta bino, shuningdek, 60 mingdan ortiq aholi, 15,2 km temir yo‘l va 531,6 km avtomobil yo‘llariga zarar yetkazgan”, — deyiladi xabarda.
29 oktyabr kuni Ispaniya davlat meteorologiya agentligi kuchli yomg‘ir tufayli mamlakatning turli hududlarida ob-havoning keskin yomonlashishi haqida ogohlantirdi. Mamlakat janubi va sharqida yog‘ingarchilik tufayli ob-havo xavfi maksimal darajaga ko‘tarildi. Tabiiy ofat eng ko‘p toshqinlar qayd etilgan Valensiya avtonom hamjamiyatiga tushdi. Ayni paytda mintaqada 211 o‘lim holati ma’lum. Yo‘qolganlarni qidirish davom etmoqda.
Valensiya avtonom hamjamiyati hukumati Ispaniya markaziy hukumatidan toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun 31 milliard yevrodan ortiq yordam paketini so‘radi.