Bugun 5 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Yahyo Sinvar uch kun hech narsa yemay-ichmay jang qilgan

Yahyo Sinvar uch kun hech narsa yemay-ichmay jang qilgan

Isroil sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, Falastinning HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar Isroil kuchlari bilan to‘qnashuvda halok bo‘lishidan oldin 72 soat davomida ovqat emagan.

Isroil Milliy sud ekspertizasi instituti direktori Xen Kugelning aytishicha, Sinvarning shaxsini tasdiqlash uchun barmog‘i kesilgan holda DNK namunasi olingan.

Namunalar Sinvarning Isroil qamoqxonasida 22 yillik qamoqda o‘tirgani, 2011 yilda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingani haqidagi tibbiy ma’lumotlar mavjudligi tufayli unga tegishli ekani tasdiqlangan.

"Miyaning jiddiy shikastlanishiga olib kelgan o‘q jarohatidan keyin ham Sinvar yana bir necha soat yashagan", - dedi Kugel.

Turli isroillik jurnalistlar va nashrlar HAMAS harakati yetakchisining o‘limini tasvirlar ekan, Falastin rahbari oxirigacha kurashganini tan olishdi.

Eslatib o‘tamiz, 61 yoshli Yahyo Sinvar oktyabr oyida Isroil harbiylari bilan yuzma-yuz jangda qahramonlarcha halok bo‘ldi. U tank snaryadi va raketa parchalaridan jarohat olganiga qaramasdan, so‘nggi nafasigacha jang qildi, hatto og‘ir ahvolda bo‘lishiga qaramasdan, Isroil droniga qo‘lidagi tayoqni uloqtirishi butun dunyoga doston bo‘ldi.

Kiritildi: 22:12 04.11.2024. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!