Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ispaniyadagi suv toshqini qurbonlari soni 200 nafardan oshdi

Ispaniyadagi suv toshqini qurbonlari soni 200 nafardan oshdi

Ispaniyada fojiali suv toshqini ko‘lami oshib bormoqda, rasmiylar 205 kishining o‘limini qayd etgan. Qutqaruv ishlari davom etar ekan, qurbonlar ro‘yxati ko‘payishi mumkin.

Ispaniya kuchli suv toshqini qurbonlari uchun motam tutmoqda: qirollikda 2 noyabrga qadar milliy motam e’lon qilingan. Shu bilan birga, mamlakat janubi-sharqidagi tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlardan qurbonlar soni bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar kelib tushmoqda. Hozirgacha eng ko‘p o‘lim Valensiya mintaqasida – 202 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.

Rasmiylarning eslatishicha, bedarak yo‘qolganlar bor va bu qurbonlar sonini orttirishi mumkin. Suv toshqinlari Ispaniya janubi-sharqidagi aholi punktlarida vayronagarchiliklar keltirib chiqargan.

Sinoptiklarning ta’kidlashicha, hozirgi suv toshqini Ispaniyada 1957 yildan beri eng halokatlisi bo‘ldi. Ular jabrlangan hududlarga yana yomg‘ir yog‘ishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Kiritildi: 00:31 02.11.2024. O'qildi: 823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!