Ispaniyada kimyoviy qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallangan katta miqdordagi kimyoviy moddalar musodara qilindi, ular Rossiyaga yetkazilishi rejalashtirilgan bo‘lgan, deb xabar bermoqda Reuters
"Barselona portidagi konteynerda Rossiya Federasiyasiga olib kirish taqiqlangan 13 tonna kimyoviy moddalar topildi, ular orasida kimyoviy qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va asabni falajlantiruvchi moddalar ham bor", deb yozadi agentlik.
Ispaniya polisiyasining ma’lum qilishicha, Rossiyaga yetkazilishi taqiqlangan kimyoviy moddalar yetkazib berish kanalini tashkil qilgan to‘rt nafar gumonlanuvchi hibsga olingan.