Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Ispaniyada 46°C – iyun uchun tarixiy rekord

Ispaniyada 46°C – iyun uchun tarixiy rekord

Ispaniyaning Uelva provinsiyasida joylashgan El-Granado shahrida shanba kuni 46 daraja issiqlik qayd etildi. Bu mamlakatda iyun oyida kuzatilgan eng yuqori harorat bo‘lib, meteonazorat boshlanganidan beri bunday issiqlik qayd etilmagan.

🇪🇸 Ispaniya meteorologiya agentligi Aemet ma’lum qilishicha, avvalgi rekord 1965 yilda Sevilyada o‘rnatilgan bo‘lib, u paytda harorat 45,2 °C ni tashkil etgan.

Ispaniyaning boshqa hududlarida ham anomal issiqlik kuzatildi:

  • 🌡 44,0 °C — Montoro (Kordova),

  • 🌡 43,9 °C — Fuentes-de-Andalusiya,

  • 🌡 43,5 °C — Moron-de-la-Frontera va Alkonchel,

  • 🌡 43,4 °C — Anduxar.

Hatto tungi harorat ham yuqori darajada saqlanib qoldi: Gran-Kanariya orolida ayrim hududlarda harorat 30°C dan pastga tushmadi, boshqa joylarda esa 28°C atrofida bo‘ldi.

🔴 Aemet ma’lumotiga ko‘ra, bu anomal issiqlik kamida seshanbagacha davom etishi kutilmoqda.

🌍 Yevropa bo‘ylab:

  • 🇮🇹 Italiyada 21 ta shaharda eng yuqori darajali xavf darajasi e’lon qilingan. Issiqlik sababli shoshilinch tibbiy yordamga murojaatlar 10% ga oshgan.

  • 🇫🇷 Fransiyada ham deyarli barcha hududlarda aholiga ehtiyot bo‘lish tavsiya qilinmoqda. Sovuq havo kamida kelasi haftaning o‘rtasigacha kutilmayapti.

  • 🇵🇹 Portugaliyaning janubiy hududlari va poytaxt Lissabonda eng yuqori xavf darajasi amal qilmoqda. Issiqlikdan tashqari, o‘rmon yong‘inlari xavfi juda yuqori.

🇩🇪 Germaniyada esa cho‘qqi harorat chorshanba kuni kutilmoqda — 40 darajaga yetishi mumkin.

Kiritildi: 18:07 30.06.2025. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!