Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Ispaniya polisiyasi Atlantika okeanida rekord darajadagi — taxminan 40 tonna kokainni musodara qildi. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik, jahondagi esa eng katta operasiyalardan biri sifatida baholanmoqda. CBS News xabariga ko‘ra, operasiya AUGC ma’lumotlariga tayanib amalga oshirilgan. Kema Kanar orollari yaqinidagi xalqaro suvlarda to‘xtatilgan. U Fritaundan Beng‘oziga yo‘l olgan bo‘lgan. Operasiya davomida yuk bilan birga bo‘lgan 20 ga yaqin shaxs hibsga olindi. Taxminlarga ko‘ra, guruh kokainni Yevropa bozoriga tarqatish uchun uni kichik kemalarga qayta yuklashni rejalashtirgan. Tergovchilar ushbu jinoyat xalqaro tarmoqlar tomonidan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi mumkinligini o‘rganmoqda. Eslatib o‘tamiz, bugungacha dengizda kokain musodara qilish bo‘yicha rekord shu yil yanvar oyida o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda 10 tonna narkotik qo‘lga olingan edi.

Kiritildi: 22:46 04.05.2026. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!