Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Ispaniya uch kunlik motam e’lon qildi

Ispaniya uch kunlik motam e’lon qildi

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Adamus shahrida kamida 39 kishining hayotiga zomin bo‘lgan poyezd to‘qnashuvi ortidan uch kunlik milliy motam e’lon qildi.

EFE ma’lumotlariga ko‘ra, fojia joyiga tashrif buyurganida, Bosh vazir avariya sabablari "mutlaq shaffoflik va aniqlik bilan" tekshirilishiga ishontirdi.

"Biz haqiqatni bilib olamiz, javobni bilib olamiz", deb tasdiqladi Bosh vazir.

Sanches shuningdek, qurbonlarning oilalariga barcha zarur yordam ko‘rsatilishiga va’da berdi.

Ispaniyaning Adamus shahrida Malagadan Madridga 300 yo‘lovchini olib ketayotgan Iryo poyezdining bir nechta vagonlari relsdan chiqib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan va bortida 184 yo‘lovchi bo‘lgan Alvia poyezdi bilan to‘qnashdi. Falokatda 39 kishi halok bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 07:15. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!