Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ispaniya terma jamoasiga yangi sardor tayinlandi

Ispaniya terma jamoasiga yangi sardor tayinlandi

Alvaro Morata Ispaniya terma jamoasi sardori bo‘ladi.

Relevo xabariga ko‘ra, yangi bosh murabbiy Luis de la Fuente terma jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar orasidan sardorlarni tanlaydi.

Evro-2024 saralashida Norvegiya (25 mart) va Shotlandiya (28 mart)ga qarshi o‘yinga chaqirilgan futbolchilar ichida «Atletiko» forvardi 61ta o‘tkazgan va bu eng katta ko‘rsatkich.

Ikkinchi va uchinchi sardorlar esa «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri (39 o‘yin) va «Real» himoyachisi Dani Karvaxal (33) bo‘ladi.

Kiritildi: 21:58 23.03.2023. O'qildi: 2060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!