Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Ispaniya suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun 3,7 milliard yevrodan ortiq mablag‘ ajratadi

Ispaniya suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun 3,7 milliard yevrodan ortiq mablag‘ ajratadi

Ispaniya hukumati suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish uchun qo‘shimcha 3,7 milliard yevrodan ortiq mablag‘ ajratadi.

Bu haqda Qirollik bosh vaziri Pedro Sanches jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Bugun Vazirlar Kengashining yig‘ilishida bo‘ron oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun 110 ta qo‘shimcha chora-tadbirlar va 3,765 milliard yevro miqdoridagi qo‘shimcha investisiyalar nazarda tutilgan yangi qonunchilik qarorini tasdiqladik”, — dedi hukumat rahbari.

Sanches avvalroq suv toshqinidan jabrlanganlarga birinchi yordam paketi doirasida taxminan 10,6 milliard yevro ajratilishini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 17:18 11.11.2024. O'qildi: 535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!