Ispaniya qiroli Filipp VI migrantlarning katta oqimi fonida Seuta avtonom shahridagi vaziyatdan xavotir bildirdi.
Bu haqda EFE axborot agentligi xabar berdi.
Monarx migrantlar inqirozidan xavotirini bildirdi va Seuta va Melilya avtonom shaharlarining xavfsizligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniyaning qolgan qismidan ushbu hududlar aholisini qo‘llab-quvvatlashni namoyish etish uchun choralar ko‘rish kerak.
Ilgari, taxminan 50 000 marokashlik muhojir Ispaniyaning Seuta anklaviga quruqlik va dengiz yo‘llaridan foydalangan holda kirgan edi.
Migrantlarning katta oqimi Ispaniya rasmiylarini xavfsizlikni ta’minlash uchun qurolli kuchlarni joylashtirishga majbur qildi. Shu munosabat bilan Italiya Ispaniyaning Shengen hududidagi ishtirokini to‘xtatishni ko‘rib chiqmoqda.