Ispaniya polisiyasi banan solingan konteynerda og‘irligi 13 tonnadan ortiq kokain partiyasini qo‘lga oldi.
Ushbu kokain partiyasi mamlakat tarixidagi eng katta giyohvandlik moddasining aniqlanishi hisoblanadi.
Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid va Alikantedagi uylar va idoralarda 5 ta tintuv o‘tkazilgan, bir kishi qo‘lga olingan, giyohvand moddalarni import qiluvchi kompaniya uchun mas’ul bo‘lgan yana ikki nafar shaxs qidiruvga berilgan.
Operasiya Ekvador milliy polisiyasi bilan yaqin hamkorlikda olib borilgan. Qayd etilishicha, giyohvand moddalar Ekvadordan olib kelingan.