Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ispaniya Isroilga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

 Ispaniya Isroilga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Ispaniya Ichki ishlar vazirligi 29-oktabr kuni Isroil firmasidan o‘q-dorilar sotib olish bo‘yicha shartnoma bekor qilingani va shu tariqa Ispaniyaning Tel-Avivga qurol sotmaslik majburiyatini xaridlarni ham o‘z ichiga olganini e’lon qildi.

Ispaniyaning Cadena Ser teleradiokompaniyasi xabariga ko‘ra, mamlakat fuqarolik polisiyasi Guardia Civil Isroilning Guardian LTD kompaniyasidan 6,48 million dollarga 15 million donadan ortiq 9 millimetrli o‘q-dorilarni sotib olishga rozi bo‘lgan.

«Ispaniya hukumati G‘azo sektorida qurolli mojaro boshlanganidan beri Isroil davlatiga qurol sotmaslik majburiyatini saqlab qoladi. Garchi bu holatda gap o‘q-dorilarni xarid qilish haqida ketayotgan bo‘lsada, Ichki ishlar vazirligi xaridni bekor qilish bo‘yicha ma’muriy tartib-taomilni boshladi», — deyiladi IIV xabarida.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Isroil kompaniyalari ham kelajakdagi qurol-yarog‘ shartnomalarida qatnashmaydi.

Ispaniya 2023 yil oktabr oyida Isroil Falastin G‘azosiga shafqatsiz hujum uyushtirganidan keyin Isroilga qurol sotishni to‘xtatishga va’da berdi. O‘shandan beri Ispaniya Isroil hujumlarining eng qattiq tanqidchilaridan biri bo‘lib kelgan va Isroilning noroziligiga qaramay, Falastin davlatini rasman tan olish uchun tarixiy qadamlar qo‘ygan.

May oyida Falastinning Ispaniyadagi birinchi elchisi qirol Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Kiritildi: 21:56 01.11.2024. O'qildi: 718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!