Ispaniya hukumati Falastinga 1,2 million yevro moliyaviy yordam ajratmoqda, deya xabar berdi mamlakat Tashqi ishlar vaziri.
"Mazkur moliyaviy ko‘mak tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash, yetishmayotgan medikamentoz vositalarni qoplash va bir martalik tibbiy buyumlarni sotib olishga sarflanadi", — deya izoh bildirgan Ispaniya tashqi ishlar vaziri.
BMT mutasaddisi Farxan Xakning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda Falastin xalqiga ajratilayotgan moliyaviy yordamlar miqdori 539,7 million dollarni tashkil qilmoqda — ularning aksariyat qismi G‘azo sektori, G‘arbiy qirg‘oq va Sharqiy Quddusga yo‘naltirilgan. Ushbu summaning 75 foizini G‘azo sektoriga ajratish ko‘zda tutilgan.