2025-yil aprelidan Ispaniya “oltin vizalar” – investisiya evaziga xorijliklarga yashash uchun ruxsatnoma berishni to‘xtatadi.
Bu rasmiy davlat gazetasida e’lon qilingan tuzatishlardan kelib chiqadi.
“Ushbu o‘tish davri qoidasi kuchga kirgan sanada amal qiladigan vizalar va investor ruxsatnomalari ular berilgan muddat davomida amal qiladi”, — deyiladi hujjatda.
O‘zgartirishlar kuchga kirgunga qadar viza olish uchun murojaat qilgan investorlar yoki ularning qarindoshlari ularni "ariza berilgan sanadagi amaldagi qoidalarga muvofiq" olishlari mumkin.
"Oltin viza" dasturi Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar fuqarolariga, birinchi navbatda, ko‘chmas mulkka investisiyalar orqali yashash guvohnomasini olish imkonini beradi. Ispaniyada eng keng tarqalgan variant - minimal 500 ming yevroga ko‘chmas mulk sotib olish. Boshqa variantlar - Ispaniya kompaniyalari aksiyalariga 1 million yevro yoki Ispaniya davlat qimmatli qog‘ozlariga 2 million yevro sarmoya kiritish.