Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Islomiy fatvo: Ayol kishi kiprik ulashi mumkin emas, lekin doimiy kiprik ektirishi joiz

Islomiy fatvo: Ayol kishi kiprik ulashi mumkin emas, lekin doimiy kiprik ektirishi joiz

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Ayol kishining doimiy kiprik ektirishi (o‘rnatishi) joiz ekani haqida fatvo

Abu Dabidagi rasmiy fatvo chiqarish markazidan berilgan fatvo quyidagi shartlar bilan ayol kishining doimiy kipriklar (ektirish) bilan ziynatlaniga ruxsat beradi:
• Tahorat (poklanish) paytida qovoqning ustki qismiga suv yetishidan man qilmaydigan usulda o‘rnatilishi
• Kipriklar inson sochidan bo‘lmasligi
• Kiprikka ulanmasdan, balki alohida o‘rnatilishi
• Unda sovchi qo‘yuvchini aldash yoki hiyla qilish bo‘lmasligi.

29521 raqamli fatvo tafsilotida zikr qilinadiki, ayol kishi ayollar ichida qovog‘iga sun’iy kiprik yopishtirib bezanishi joiz bo‘ladi, modomiki:
• Bu ish sovchi qo‘yuvchini aldash uchun bo‘lmasa yoki unda har qanday hiyla bo‘lmasa;
• Tahoratga ta’siri bo‘lmasa;
• Kipriklar odam sochidan (tukidan) yoki najas narsaning tukidan bo‘lmaslik sharti bilan;
• Kiprikka ulanmay, balki alohida qo‘yilsa.

Alloma Nafroviy rahimahulloh o‘zining “Al-favakihu ad-davoniy” kitobida shunday deydi: “Ayollar soch ulashdan qaytariladi. “Ulash” tushunchasi, Qoziy Iyoz keltirganidek, agar ulamasdan boshga o‘rnatilsa (ekish) joiz ekanini bildiradi.

Chunki bunda u ayol kishi ziynat uchun qiladigan jun ip va ipak kabi rangli iplari o‘rnida bo‘ladi.
Buni qilishda tanglik yo‘q. Bu nahyga kirmaydi, balki ziynat turlariga kiradi”.

Aytib o‘tishimiz kerak bo‘lgan narsa shuki, yasama kiprik masalasi ixtilofli bo‘lib, uni nojoiz degan olimlar ham bor. Shu bilan birga yelim bilan yopishtiriladigan har turdagi kiprik suv o‘tkazmaydi va natijada poklik durust bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.
Allohdan o‘zimiz uchun va siz azizlarimiz uchun mag‘firat so‘raymiz. Omin!

Odinaxon Muhammad Sodiq
manba: Islom.uz

Kiritildi: 14:22 04.07.2019. O'qildi: 23986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!