Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Islombek Ismoilov Xorvatiya ustidan qozonilgan g‘alaba va Italiyaga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Islombek Ismoilov Xorvatiya ustidan qozonilgan g‘alaba va Italiyaga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov U-17 JCh 1/16 final doirasidagi Xorvatiyaga qarshi o‘yindan so‘ng Championat.asia saytiga intervyu berdi.

— Futbolchilarning o‘zidan ruhan kim tayyorligini so‘radik. Ularning o‘zi nechinchi bo‘lib tepishini aytdi.

— Keyingi o‘yinda Muhammad Hakimov bizga yordam bera olmaydi.

— Avvalo bugun g‘alaba qozonganimiz yaxshi bo‘ldi. Umuman olganda biz shunchaki yutib qo‘ymaymiz, doim bosim ostida bo‘ladi (kuladi). Muhammad Hakimov jamoamiz uchun katta yo‘qotish. Umid qilamizki, uning o‘rnida bo‘ladigan Amirxon Murodov o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etadi.

— Qanchalik Xorvatiya bilan o‘yin shunday faol o‘tishini kutgandingiz?

— Kecha ko‘rganingizdek, eng yuqori natija ko‘rsatib, birinchi o‘rin bilan chiqqan Argentina jamoasi 32-jamoa bo‘lib, qiynalib chiqqan Meksikaga mag‘lub bo‘ldi. Bitta o‘yinda istalgan raqibni mag‘lub etish mumkin, bu yerda ruhiyat birinchi o‘ringa chiqadi. Raqib Yevropadagi top jamoalardan biri va jismoniy jihatdan juda kuchli jamoa edi. Shunday ekan, qiyin o‘yin bo‘lishi kutilgan edi. Shunga qaramay, imkoniyati yuqori bo‘lgan futbolchilarimizga ishonardik. O‘ylaymanki, haqli ravishda g‘alaba qozondik.

— Darvozabonlarni almashtirishga to‘xtalmoqchi edim. Bu oldindan o‘ylangan rejamidi?

— Uchrashuv davomida darvozabonlar murabbiyi o‘z fikrini aytdi. Bizda teng kuchli ikkita darvozabon bor. Ne’matulloh Rustamjonovning tushirilishi Ibrohim Shokirovning penaltilar seriyasida yaxshi turmasligini anglatmaydi.

— Bo‘lajak raqib — Italiya haqida nima deysiz?

— Albatta, Italiyaning o‘yini bo‘layotgan paytda yordamchilarimni o‘sha bahsga jo‘natdim. Chexiyaga qarshi o‘yinni ham ko‘rib, tahlil qilib o‘tirdik.

— Italiya terma jamoasi bilan bitta mehmonxonada yashaysiz. Ko‘z-ko‘zga tushib qolganda nima qilasiz? (hazil bilan)

— O‘zi biz bitta mehmonxonada tushganlarimiz bilan o‘ynaymiz. Saudiya Arabistoni bilan ham bir oyda bitta mehmonxonada yashagandik. Bu Italiya bilan ham 15 kundan beri birgamiz. Mehmonxona mayli, ular bilan yonma-yon ovqatlanamiz.

Kiritildi: Bugun 09:05. O'qildi: 828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!