Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Islom ta’lim muassasalarida kirish imtihonlari qaysi fanlardan bo‘ladi?

A A A
Islom ta’lim muassasalarida kirish imtihonlari qaysi fanlardan bo‘ladi?

O‘zbekiston musulmonlari idorasi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili bo‘yicha qaysi fanlardan qabul imtihonlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasi bo‘yicha:

– “Fiqh va aqoid” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball;
– “Arab tili” (ijodiy imtihon) 63 ball;
– “O‘zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari bo‘yicha:

– 1-blok “Chet tili” 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;
– 2-blok “Tarix” 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.

Qabul imtihonlari test sinovi shaklida o‘tkaziladi.

Hadis ilmi maktabi bo‘yicha:
– “Hadis va Mustalahul hadis” (ijodiy imtihon) 93 ball;
– “Arab tili” (ijodiy imtihon) 63 ball;
– “O‘zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.

Kiritildi: 09:55 13.06.2020. O'qildi: 18308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!