Smitson instituti nashri Toshkentdagi ushbu majmuani dunyo darajasidagi loyiha sifatida e’tirof etgan.
“Joriy yilning mart oyida ochilishi kutilayotgan markaz o‘z ichiga Qur’onning 114 ta noyob nusxasi hamda sun’iy intellekt asosidagi “jonli portretlar” kabi zamonaviy texnologiyalarni jamlaydi. Shuningdek, Temuriylar davri an’analarini aks ettiruvchi 65 metrli ko‘k gumbazli binoning mahobatli arxitekturasiga ham alohida e’tibor qaratish zarur”, deb yozadi jurnal.
Reytingdan, shuningdek, Vashington, London va Tokio kabi shaharlardagi nufuzli muzeylar ham o‘rin olgan.