Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Islandiya prezidenti ikkinchi muddatga qayta saylandi

Islandiya prezidenti ikkinchi muddatga qayta saylandi

Iceland Monitor nashrining xabar berishicha, Yoxannessonning raqibi Gyurmundur Franklin Yonssonga 7,8 foiz saylovchilar ovoz bergan. 

1968 yil Reyk’yavikda tug‘ilgan Yoxannesson 2016 yilda mamlakat mustaqillikka erishgan 1944 yildan beri uning eng yosh prezidentiga aylangandi.

Yoxannesson saylovlar natijalaridan mamnuniyat bildirgan. Uning ta’kidlashicha, saylovchilar unga oxirgi 4 yil prezidentligi vaqtida amalga oshirgan rolni bajarish uchun yana vakolat taqdim qilishdi.

Uning raqibi, Islandiya O‘ng-yashil partiyasi asoschisi Gudmundur Franklin Yonsson mag‘lubiyatini tan olib, Yoxannessonni g‘alaba bilan tabriklagan. “Men Gudnini va uning oilasini tabrklayman”, deb aytgan Yonsson.

Islandiyada prezident asosan vakillik vazifalarini bajarishiga qaramay, u mamlakatdagi jarayonlarga ta’sir qilish uchun ba’zi dastaklarga ega hisoblanadi. Jumladan, u mahalliy parlament – Alting tomonidan qabul qilingan qonunlarga taqiqlov qo‘ya oladi, referendumlar tashkil etishi mumkin. Shuningdek, Islandiya prezidentida moliyaviy vakolatlar ham mavjud bo‘lib, byudjet uning ma’qullovidan o‘tishi shart.

Kiritildi: 20:44 28.06.2020. O'qildi: 1948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!