Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

“Ishonganingni aytib kel!” - dedi ko‘chada tartibsiz savdo qilib o‘tirgan ayol

“Ishonganingni aytib kel!” - dedi ko‘chada tartibsiz savdo qilib o‘tirgan ayol

Bugungi kunda turizmni rivojlantirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Viloyatimizda ham bu borada samarali ishlar bajarilayotgani aniq. Ammo bozorlarimizdagi tartibsizliklar, noqonuniy savdolar kun sayin avj olmoqda. Birgina misol: Qorasuv shahridagi Bobur shohko‘chasi va Mustaqillik ko‘chasi kesishgan chorraha atrofi hamda yo‘l bo‘ylari soliq va boshqa davlat to‘lovlaridan bo‘yin tovlagan “tadbirkorlar” bilan gavjum. Bu yerda mevalar, sabzavotlaru kiyim-kechakkacha sotilyapti. Ularning birini suhbatga tortganimizda, ismi-sharifini aytmadi. Harchand urinishlarimizga qaramay, o‘zini tanishtirishdan bosh tortdi. Hatto dag‘dag‘a bilan “Ishonganingni aytib kel, shu yerda savdo qilaman”, deya do‘q urdi.

- Vaholanki, bozorimiz ichidagi rastalarda bo‘sh joylar talaygina, - dedi shahar dehqon bozori boshqaruvi raisi Zokirjon Matkarimov. – To‘g‘risi, ichkarida savdo qilish to‘g‘risidagi takliflarimizga ular befarq qarashmoqda. Axir, o‘z mahsulotini pokiza va sarishta joyda, sifatini buzmay, xaridorga peshkash qilgani yaxshi emasmi?

Bu kabi holatlarni nafaqat Qorasuv shahrida, shuningdek, barcha tumanlar markazlari, Andijon shahridagi Yangi bozor, Jahon buyum bozorlarida ham kuzatish mumkin. Viloyat IIB, prokuratura, soliq boshqarmasi, bozorlar uyushmasi hududiy bo‘linmalari mas’ullari ushbu holatlarga mas’uliyat bilan qarashlari zarur. Zero, qonun va talablar barcha uchun barobar. Viloyatimizga kelgan mehmonlarning ushbu noxush manzaralardan ko‘ngli xijil bo‘lib, xafa bo‘lib qaytmasinlar, deymiz-da!

Azamatjon TOSHMATOV

Manba: auz.uz

Kiritildi: 07:15 19.06.2019. O'qildi: 3457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!