Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

ISHIDga qo‘shilgan besh erkak fuqarolikdan mahrum etildi

A A A
ISHIDga qo‘shilgan besh erkak fuqarolikdan mahrum etildi

Qo‘sh fuqarolikka ega besh nafar avstraliyalik xorijda ISHIDga qo‘shilgani uchun Avstraliya fuqaroligidan mahrum etildi. Bu haqda Avstraliyaning Migrasiya ishlari bo‘yicha vaziri Piter Dattonning rasmiy saytiga tayanib "Azon" nashri ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu kishilar terrorchilikka aralashgan holda Avstraliya manfaatlariga zid ishlar olib borgan va shu tariqa Avstraliya jamiyatini tark etish uchun qadam tashlagan.

Vazir 2015 yilda qonunchilikka o‘zgartirish kiritilganidan beri qo‘sh fuqarolikka ega olti kishi Avstraliya fuqaroligidan mahrum etilganini ma’lum qildi. 2015 yilgacha bunday chora faqat Avstraliya fuqaroligi bor shaxslarga nisbatan qo‘llanar edi.

Kiritildi: 14:55 09.08.2018. O'qildi: 1299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik