Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ishchilar yotoqxonasidagi o‘g‘rilik fosh etildi

Ishchilar yotoqxonasidagi o‘g‘rilik fosh etildi

2019 yil 5 aprel kuni Navoiy shahar hududida joylashgan O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi IIBga murojaat qilib, unda shu yil 5 aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Inspektorlar ko‘chasida joylashgan yuqoridagi korxona ishchilari vaqtincha istiqomat qiladigan yotoqxonaning 105-sonli xonasiga deraza oynasini sindirib kirib, u yerdan 4 000 Xitoy Yuani va 27 mln. so‘m pullarni o‘g‘irlab ketganliklari ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Karmana tumani Do‘rmon mahallasida yashovchi, yuqoridagi qo‘shma korxona ishchisi Z.R. va Buxoro viloyati Vobkent tumani Sariosiyo mahallasida yashovchi, shu qo‘shma korxona haydovchisi A.J.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:39 08.04.2019. O'qildi: 1078 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!