Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Irrigasiya instituti universitetga aylantirildi

A A A
Irrigasiya instituti universitetga aylantirildi

Prezident qaroriga asosan Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlandi.

Qarorga muvofiq Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi tashkil etildi va universitetning moliyaviy hamda boshqa strategik masalalarini hal qilish vakolati mazkur kengashga berildi.

Boshqaruv kengashiga Bosh vazir o‘rinbosari — investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov rahbarlik qiladi.

Shuningdek, universitetda Transformasiya ofisi ham ta’sis etilmoqda.

Transformasiya ofisi universitetni transformasiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2025 yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritish kabi masalalar uchun mas’ul bo‘ladi.

Kiritildi: 13:33 11.12.2021. O'qildi: 2735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik