Iroq Vakillar kengashi besh oylik tanaffusdan so‘ng mamlakatning yangi prezidentini sayladi.
Kurdiston Vatanparvarlar ittifoqi vakili Nizar Amedi Iroqning yangi prezidenti etib saylandi.
"INA" agentligining parlament matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, nomzod deputatlarning 227 ta ovozini qo‘lga kiritib, raqibini katta farq bilan ortda qoldirgan.
Uning eng yaqin raqobatchisi Mutanna Amin Nader esa bor-yo‘g‘i 15 ta ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Saylov jarayoni mamlakatdagi uzoq davom etgan siyosiy inqiroz va murakkab jarayonlar fonida bo‘lib o‘tdi.