Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Iroqda parlament saylovlari natijalari e’lon qilindi

Iroqda parlament saylovlari natijalari e’lon qilindi

Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia as-Sudaniy rahbarligidagi koalisiya mamlakatdagi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Tiklanish va rivojlanish» nomli blok 1,3 million ovoz to‘plagan — bu eng yaqin raqibidan 370 mingta ovozga ko‘p.

As-Sudaniy 56 foizlik saylovchilar ishtirokini “muvaffaqiyatning ochiq dalili” va siyosiy tizimga bo‘lgan ishonch tiklanayotganining belgisi sifatida ta’rifladi.

Shu bilan birga, ayrim shaharlarda, jumladan Bog‘dod va Najafda saylovchilar faolligi juda past bo‘lgan. Bu holat ta’sirli shialar yetakchisi Muqtado as-Sadr o‘z tarafdorlarini “nuqsonli saylovlar”ni boykot qilishga chaqirganidan keyin kuzatilgan.

Kutilganidek, shialar, sunniylar va kurd nomzodlari asosan o‘z diniy-etnik hududlarida g‘alaba qozondi. Ammo ayrim syurprizlar ham bo‘ldi: sunniylar ko‘pchilikni tashkil etuvchi Nineviya viloyatida eng ko‘p o‘rinni kurd partiyasi oldi. Shu bilan birga, katta kurd ozchilik yashaydigan Diyala viloyatida kurd nomzodlari parlamentga kira olmadi — bu 2005 yildan beri birinchi marta sodir bo‘lmoqda.

329 o‘rinli parlamentda hech bir partiya mutlaq ko‘pchilikni qo‘lga kiritmagani sababli, hukumat tuzish uchun yangi koalisiya shakllantirilishi kerak bo‘ladi. Bu jarayon Iroqda an’anaviy ravishda bir necha oyga cho‘ziladi.

Eslatib o‘tamiz, bu saylovlar — 2003 yilda AQSh bosqinidan keyin Saddam Husayn hokimiyatdan ag‘darilganidan beri mamlakatdagi oltinchi parlament saylovi hisoblanadi.

Kiritildi: 18:10 13.11.2025. O'qildi: 670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!