Suriya va boshqa davlatlar bilan chegarada joylashgan Iroq armiyasi bo‘linmalari to‘liq shay holatga keltirildi. Bu haqda Iroq Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni vakili Yahyo Rasul INA axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi .
Unga ko‘ra, Iroq qo‘shinlari mamlakat suverenitetini himoya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmoqda. Ayni paytda Iroqning qo‘shni davlatlar, xususan, Suriya bilan chegaralarini himoya qilish uchun barcha zarur choralar ko‘rildi. Bo‘linmalar to‘liq jangovar shay holatda.
Rasul Iroq Livanga gumanitar yordam ko‘rsatishda va livanlik qochqinlarni mamlakatga kiritishda davom etishini qo‘shimcha qildi.