Bugun 13 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Iroq Saudiya Arabistoniga qilingan hujumni qoraladi

Iroq Saudiya Arabistoniga qilingan hujumni qoraladi

Iroq hukumati Saudiya Arabistonidagi ob’ektga yaqinda qilingan hujumni qat’iy qoralovchi rasmiy bayonot chiqardi.

Vazirlar Mahkamasi Qirollik xavfsizligiga tahdid solishi yoki ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday tajovuzkorlik harakatlarini rad etishini ta’kidladi.

Iroq Bosh vaziri Ali az-Zaydiy hujum holatlarini zudlik bilan tekshirish, jinoyatchilarni aniqlash va barcha ishtirokchilarni javobgarlikka tortishni buyurdi. Bag‘dod davlat Iroqning o‘ziga va do‘stona davlatlar bilan aloqalariga tahdid soladigan harakatlarga toqat qilmasligini bildirdi.

Iroq tomoni shuningdek, Ar-Riyodga konstruktiv javobi va vazminligi uchun minnatdorchilik bildirdi. Bag‘dod Saudiya Arabistonining pozisiyasi mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqligini tasdiqlayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi mamlakatdagi Sharq-G‘arb neft quvuriga Iroqdan uchirilgan dronlar hujum qilganini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 10:40 12.09.2026. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!