Interpol prezidenti Men Xunvey yo‘qolmagan, uni Xitoyda hibsga olishgan. Ammo mazkur holat yuzasidan Xitoy hukumati ham, Interpol ham izoh bermayapti.
Ma’lumotga ko‘ra, Men Xunvey joriy yilning 29 sentyabr kuni Xitoyga yetib borishi bilan qo‘lga olingan. Xitoy jamoat xavfsizligi va Tashqi ishlar vazirliklari bu haqda uning oilasini ogohlantirmagan.
Interpol prezidentining nima uchun hibsga olingani va tergov qilinayotgani hozircha noma’lum deb xabar bermoqda “South China Morning Post” nashri.
Manba: qalampir.uz