Fransiya hukumati Interpol prezidenti Men Xunveyning yo‘qolishi bilan bog‘liq tergov ishlarini boshladi. Jurnalistlarning ta’kidlashlaricha, janob Xunvey Xitoyga jo‘nab ketgan, ya’ni bir haftadan beri hech kim bilan aloqaga chiqmagan.
Xalqaro polisiya tashkilotiga 64 yoshli prezidentning yo‘qolishi haqidagi xabarni Interpolning bosh qarorgohi bo‘lgan Lion shahrida istiqomat qiluvchi rahbarning turmush o‘rtog‘i ma’lum qilgan. Ayol so‘nggi marta eri bilan 29 sentyabr kuni gaplashgan ekan.
Fransiya hukumati esa bu borada hamon hech qanday izoh berganicha yo‘q.