Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Internetda tarqalgan video: mudir va hamshira ishdan ketdi

A A A
Internetda tarqalgan video: mudir va hamshira ishdan ketdi

Sog‘liqni saqlash vazirligining  Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi ijtimoiy tarmoqlarda Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi faoliyati bilan bog‘liq holat aks etgan videotasvirlar yuzasidan bayonot bilan chiqdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, videolavhada aks etgan voqea 2019 yilning 13 mart kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni fuqaro M. T. qizi M. va jiyani N.ni  ushbu markaz poliklinikasiga  olib keladi.

U yerda fuqaro M. T. markaz poliklinika hamshirasi  Zilola Kamolovaga  qizi M.ning og‘ir xolatini inobatga olgan holda, shifokorlarni  navbatsiz qabul qilishini  so‘raydi. Shundan so‘ng poliklinika mudiri Xabiba Rahmonova  fuqaro M.ni  ko‘rikdan o‘tkazib, qon tahlilini tekshirish kerakligini yozib beradi. Ammo tibbiy tekshiruvlar  uchun to‘lov puli  kassaga emas, balki hamshiraga  berilgan. O‘rganishlar natijasida fuqaro tomonidan qizining tibbiy ko‘rigi uchun berilgan summaning  lozim bo‘lgan miqdori   markaz kassasiga to‘liq kirim qilingan. 

Tabiiyki, ushbu holat tibbiy deontologiya va axloqiy me’yorlarni buzish  sifatida  baholanib,  shu yilning 5 aprel kuni poliklinika mudiri X. Rahmonova  va xamshira Z. Kamolovalar  o‘z vazifasidan ozod etilgan. Video lavhada mazkur  markaz direktori o‘rinbosari Feruza Haydarovaning ishga qabul qilish va bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va ularni yotqizish bilan bog‘liq bildirilgan  vajlar o‘z tasdig‘ini topmagan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi shu yil 21 iyunda  mazkur markaz faoliyatini kompleks o‘rganib chiqib, hay’at yig‘ilishida tahlil qildi. Uning natijalariga ko‘ra, ushbu muassasaning  to‘rt nafar  mas’ul xodimiga faoliyatiga yul qo‘ygan kamchiliklari uchun intizomiy jazo -  hayfsan berildi. 

Voqea tafsiloti yuzasidan ko‘rilgan barcha chora tadbirlar  javobi murojaatchiga o‘z vaqtida yetkazilgan.

Shuningdek, bayonotda internetdagi bunday lavhalar xalqimizning xizmati uchun tun-u kun tinim bilmayotgan minglab shifokorlarimiz faoliyatiga salbiy baho berilishiga sabab bo‘layotgani aytiladi.

Kiritildi: 11:07 08.07.2019. O'qildi: 7820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!