Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Internetda so‘kinish, haqoratomuz shilqimlik va bezoriliklar uchun jarima yoki qamoq jazosi belgilanadi

Internetda so‘kinish, haqoratomuz shilqimlik va bezoriliklar uchun jarima yoki qamoq jazosi belgilanadi

3 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida internetda haqorat va bezorilik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Loyiha bilan telekommunikasiya hamda Internet jahon axborot tarmoqlarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, haqoratomuz shilqimlik qilish va jamoat tartibini buzuvchi boshqa shu kabi harakatlar uchun ham ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda. Ushbu norma jamoat tartibi va fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli sanaladi.

Bundan tashqari, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvlar yoki harbiy harakatlarda qatnashishni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni tarqatish, reklama qilish va namoyish etish uchun ham ma’muriy javobgarlikni belgilash nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida shaxs tomonidan sodir etilgan o‘z huquqbuzarligini targ‘ib qiluvchi materiallarni OAV va Internet tarmoqlarida tarqatish uchun ham javobgarlik belgilanadi. Bu huquqbuzarliklarni ommalashtirish va ularga taqlid qilish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar jamiyatda xavfsiz muhitni mustahkamlash, yangi turdagi huquqbuzarliklar paydo bo‘lishining oldini olish, aholi, ayniqsa, yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan holatlarni bartaraf etish hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan Alisher Qodirov Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasiga 1-qo‘shimcha bilan, ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilish, kamsitish, jamoat va fuqarolar osoyishtaligini buzadigan yoki shunga o‘xshash harakatlar uchun 5 million so‘mgacha jarima yoki 10 sutka qamoq belgilanayotganini qayd etgan.

Kiritildi: Bugun 18:30. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!