Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Internetda olifta o‘quvchilar ishtirokidagi video muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)

Internetda olifta o‘quvchilar ishtirokidagi video muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)

Facebook dagi Samarqand guruhida maktab o‘quvchilarining tarbiyasizligi aks etgan video tarqaldi.

Unda ko‘rish mumkinki, ikki o‘quvchi avtobuslarni to‘xtatib, uning chiqish joyiga oyog‘ini qo‘yib, oyoq kiyimini artadi va undan so‘ng haydovchiga ketavering degandek ishora qiladi. Videoni ularning sherigi bo‘lgan uchinchi yigit tasvirga olgan.

Bu hodisa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

Atrofda kuzatib turgan katta yoshlilarning birortasi o‘quvchilarni to‘xtatishga urinmagan. Aksincha, biror qiziq hodisaning tomoshabini bo‘lgandek, tomosha qilib turishgan. Balki yoshlarning bu darajada tarbiyasizligiga kattalar ham aybdordir. Ko‘z o‘ngimizda bo‘layotgan ishlarni ko‘rib ko‘rmaslikka olib ketish, bunday holatlarning, jinoyatlarning ko‘payishiga olib kelmasmikan?

O‘quvchilarga nisbatan chora ko‘riladigan degan umiddamiz.

Kiritildi: 17:23 15.02.2019. O'qildi: 3185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!