AirNav va FlightAware saytlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Zelenskiyga tegishli Airbus A319 UR-ABA samolyoti Irlandiyaning Shennon aeroportidan havoga ko‘tarilib, AQSh tomon yo‘l olgan
"Ushbu manbalarga ko‘ra, dushanba oqshomida prezident samolyoti Polshaning Jeshuv shahri yaqinidagi Yasenka aeroportidan Irlandiyaning Shennon aeroportiga parvoz qilgan va u yerda bir necha soatga to‘xtagan", deb yozadi agentlik.
Kiyev va Vashington mazkur xabarga rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.