Si Szinpin Xitoy-AQSh munosabatlari dunyodagi eng muhim ikki tomonlama munosabatlardan biri ekanini, ular ikki xalqning farovonligi va butun insoniyatning kelajagi bilan bog‘liqligini bildirdi. Bu haqda u AQSH-Xitoy munosabatlari Milliy qo‘mitasining an’anaviy yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida so‘z ochdi.
“Xitoy Qo‘shma Shtatlar bilan sherik va do‘st bo‘lishga tayyor, bu nafaqat ikki mamlakatga, balki butun dunyoga foyda keltiradi", deb ta’kidladi Xitoy rahbari.