Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Inson uchun nimalardan foyda yo‘q?..

Inson uchun nimalardan foyda yo‘q?..

Allohga yaqinlashishga intilmaydigan qalbdan;

Allohga xizmat qilmaydigan va bo‘ysunmaydigan tanadan;

Alloh rizosi ko‘zlanmagan muhabbatdan;

Allohga yaqinlashtirmaydigan, dunyo va abadiy hayot uchun foyda bermaydigan ishdan;

Allohga yaqin qiladigan solih amallarni bajarish va gunohlarga tavba qilish uchun sarflanmaydigan vaqtdan;

Allohga itoatsiz kishidan qilingan umiddan.

Foydasiz fikrlar bilan band bo‘lgan aqldan;

Amaliyotga tatbiq qilinmagan bilimdan;

Maqsadsiz va sidqidildan qilinmagan harakatdan;

Befoyda sarflanuvchi boylikdan.

Allohning zikriga beparvo qalb, solih amallarsiz o‘tkazilgan vaqt eng katta zarardir. O‘tkinchi dunyo havaslariga berilgan kishining qalbi g‘aflatda qoladi. Vaqtni bekorga sarflash esa bora-bora pushaymonlik keltiradi. Shu bois inson foydasiz narsalardan chetlanib, har bir xatti-harakatini Alloh rizosi uchun qilsa, ikki dunyo saodatiga musharraf bo‘ladi, inshoalloh.  

Bahriddin XUSHBOQOV

Kiritildi: 14:20 19.01.2020. O'qildi: 3738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!