Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining mablag‘lari qayerga sarf qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni e’lon qildi.
Jamg‘armaning jami daromadi 7,44 trln so‘m bo‘lgan, shularning 7,32 trln so‘mi (98,3%) xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari evaziga shakllantirilgan.
Bugungi kungacha jami 3,3 trln so‘m xarajat qilingan.
Eng ko‘p mablag‘ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentiligiga ajratilgan - 573 mlrd so‘m.
Keyingi eng ko‘p mablag‘ “Issiq elektr stansiyalar” AJga sarflangan va 500 mlrd so‘m subsidiya berilgan.
Boshqa yirik xarajatlar quyidagilar:
406 mlrd – “Uzbekistan Airways” AJga ssuda;
401 mlrd — "O‘zbekneftgaz" AJga subsidiya;
101 mlrd - “Uzbekistan Airports” AJga ssuda;
100 mlrd – Jamoat ishlari jamg‘armasiga (ishsiz fuqarolarni vaqtincha ishlarga jalb qilish uchun);
60 mlrd – Kasaba uyushmalari federasiyasiga (kam ta’minlangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun);
50 mlrd – Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga (shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun);
40 mlrd —“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJga ssuda;
11 mlrd – “Toshkent metropoliteni” va “Toshshahartransxizmat” xodimlariga ish haqi uchun.
Shuningdek, quyidagi maqsadlar yo‘lida ham mablag‘lar sarflangan:
504 mlrd – suv ta’minoti va irrigasiya tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun;
487 mlrd – shifoxonalar va karantin majmualarini qurish va jihozlash uchun;
70 mlrd – ijtimoiy nafaqalar uchun.