Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Indoneziyada “Levotolo” vulqoni uyg‘ondi

Indoneziyada “Levotolo” vulqoni uyg‘ondi

29 noyabr, yakshanba kuni Indoneziyaning janubiy qismida joylashgan va so‘nggi sakkiz yil davomida uyquda bo‘lgan “Levotolo” orol vulqoni otila boshladi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, vulqon havoga kraterdan 5 kilometr balandlikka ko‘tarilgan kul va tutun otgan.

Indoneziya vulqonshunoslik markazining ma’lum qilishicha, tabbiiy ofat natijasida hech kim zarar ko‘rmagan. Vayronagarchilik to‘g‘risida ham ma’lumotlar yo‘q.

Ammo har ehtimolga qarshi, hukumat mahalliy aeroportni va Lomblin oroli ustidagi havo maydonini yopib, dengiz sathidan deyarli bir yarim kilometr ko‘tarilgan tog‘dan ikki kilometr radiusda istiqomat qiluvchi mahalliy aholini evakuasiya qilgan.

Ma’lumki, Indoneziya 130 ta faol vulqonni o‘z ichiga olgan Tinch okeani olovli halqasining bir qismi hisoblanadi va bu sayyoramizning seysmik jihatdan eng faol mintaqalaridan biridir.

Kiritildi: 21:35 01.12.2020. O'qildi: 1776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!