O‘zbekiston Indoneziya tabiiy kauchugini MDH mamlakatlariga reeksport qilish bo‘yicha maxsus “xab”ga aylanishi mumkin. Bu haqda Plastinfo internet-nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tadbirkorlari va Indoneziyaning kauchuk ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik korxonalari o‘rtasidagi muzokaralarda indoneziyalik ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonga mahsulot eksport qilishga qiziqish bildirishgan. Aynan shu yo‘l orqali ular kauchukni avvaliga O‘zbekistonga, keyin esa O‘zbekiston orqali boshqa MDH davlatlariga sotishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston 2018 yilda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, xususan Indoneziya, Singapur va Malayziya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirmoqda. Respublikaning diplomatik idoralari turli biznes forumlari tashkil etmoqda va investisiya jalb qilish uchun sharoitlar yaratib bermoqda.
Manba: xs.uz