Bugun 13 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Indoneziya BRIKSGA qo‘shildi: mamlakat uchun nima o‘zgaradi?

Indoneziya BRIKSGA qo‘shildi: mamlakat uchun nima o‘zgaradi?


Janubi-Sharqiy Osiyoning eng yirik iqtisodiyoti va mintaqaning eng ko‘p aholisi bo‘lgan Indoneziya BRIKSni Global Janubdagi davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish platformasi sifatida ko‘radi, shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan aloqalarni davom ettirish niyatida.

“Biz BRIKS Indoneziya uchun Janub-Janub hamkorligini mustahkamlash hamda Global Janubning ovozi va intilishlari global qarorlar qabul qilish jarayonlarida yaxshi namoyon bo‘lishini ta’minlash uchun muhim platforma ekanligini bir necha bor ta’kidladik”, dedi Indoneziya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Rolliansya Soemirat DW nashriga.

Shu bilan birga, Indoneziyaning avvalgi prezidenti Joko Vidodo 2023 yilda BRIKSga qo‘shilishdan bosh tortgan, biroq 2024 yilgi saylovlarda g‘alaba qozongan Prabovo Subianto boshqa qarorga kelgan. Bu oddiy hokimiyat almashinuvi emas, balki umumiy tendentsiyaning bir qismi - Global janub mamlakatlari Vashingtonni g‘azablantirish xavfi ostida Pekin va Moskva bilan yaqinlashish sari tobora ko‘proq harakat qilmoqda. 30 dan ortiq davlatlar, jumladan, Tailand, Malayziya va Vetnam kabi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari BRIKSga qo‘shilish uchun allaqachon qiziqish bildirgan yoki rasmiy arizalarni topshirgan.

Biroq, BRIKS ochiqchasiga G‘arbga qarshi klub emas. Indoneziya BRIKSga asos solgan Hindiston kabi G‘arb davlatlari bilan yaxshi munosabatlarni saqlab kelmoqda va AQSh va uning raqiblari o‘rtasidagi geosiyosiy qarama-qarshilikda taraf olishi dargumon. "Indoneziya asta-sekin yoki darhol G‘arbdan uzoqlashish niyatida emas", dedi Indoneziyaning Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazidan Habib Abiyan Dzakvan DW nashriga.

Kiritildi: 19:00 12.01.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!