Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

"Iltimos, sarosimaga tushmang": IIV aholiga murojaat qildi

"Iltimos, sarosimaga tushmang": IIV aholiga murojaat qildi

Ichki ishlar vazirligi ayni damdagi holatdan kelib chiqib aholiga murojaat yo‘lladi.

"Hurmatli fuqarolar va mamlakatimiz mehmonlari!

Mamlakatimizning ayrim hududlarida elektr ta’minotining tiklanguniga qadar Ichki ishlar vazirligining barcha xizmatlari, shu jumladan Yo‘l xarakati xavfsizligi tizimi jamoat tartibini saqlashga, yo‘llarda tartibni ta’minlashga jalb etilganligini, fuqarolarning va ularning mulklarini xavfsizligi to‘liq ta’minlanishi nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.

102 tizimi odatiy rejimda ishlamoqda.

Fuqarolardan noodatiy vaziyatdan sarosimaga tushmasliklarini hamda tushunmovchiliklar yuzaga kelganda ichki ishlar organlari va maxsus xizmatlarning yordamiga tayanishlarini so‘raymiz.

Ko‘cha va yo‘llarda ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarishingizni, yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilishingizni, maxsus trasport vositalariga yo‘l berishingizni, imkon tariqasida avtotrasport vositalaridan foydalanmasligingizni so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV"

Kiritildi: 13:31 25.01.2022. O'qildi: 4177 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!