Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ilon Maskning boyligi 749 mlrd dollarga yetdi

Ilon Maskning boyligi 749 mlrd dollarga yetdi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask boyligi 700 mlrd dollardan oshgan tarixdagi birinchi inson bo‘ldi, deb xabar berdi Forbes jurnali.

Delaver shtati oliy sudi Maskning Tesla aksiyalariga opsionlar ko‘rinishidagi mukofotini haqiqiy emas deb topgan quyi instansiya sudining qarorini bekor qilgandan so‘ng, Ilon Maskning boyligi ko‘payib, oldingisiga 139 milliard dollar qo‘shildi.

«Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, oliy sudning qaroridan so‘ng, Maskning boyligi rekord darajadagi 749 milliard dollarga yetdi», — deb yozdi jurnal.

Avvalroq Forbes Maskni boyligi 600 mlrd dollardan oshgan ilk inson, deya xabar bergandi. Bunga SpaceX fazoviy kompaniyasi aksiyalari ommaviy xarid oldidan 800 mlrd dollarga baholangani sabab bo‘lgandi.

2020 yil martida Maskning boyligi 24,6 mlrd dollarga baholangan edi. 2021 yil yanvarida u sayyoramizning eng boy odamiga aylandi, o‘sha yili boyligi 200 va 300 mlrd dollarlik dovondan oshdi. 2024 yilda esa 400 va 500 mlrd dollarlik cho‘qqilarni zabt etdi.

Ilon Maskdan tashqari, boyligi 300 va 400 mlrd dollarga yetgan yagona inson — Oracle kompaniyasi asoschilaridan biri Larri Ellison.

Kiritildi: Bugun 12:48. O'qildi: 197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!