"Ilhom" teatri yong‘indan keyin o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Birinchi spektakl 25 yanvar kuni boshlanadi, deb xabar beradi Podrobno.uz.
Eslatib o‘tamiz, teatr binosidagi yong‘in 12 dekabr kuni ertalab soat 3:30 atrofida sodir bo‘lgan. Yong‘in natijasida binoning birinchi qavatidagi teatr zalining 80 kvadrat metr maydoni yonib zarar ko‘rgan. Qurbonlar yo‘q. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lganini ma’lum qilgan, tutashuv esa elektr simlarining eskirganligi sababli yuzaga kelganligi aytilgandi.
Bugun, 13 yanvar kuni “Ilhom” teatr kassasi odatdagidek ish boshlaganini ma’lum qildi. Dekabr oyida chipta sotib olgan har bir kishi ularni yanvar va fevral oylarida spektakllarga almashtirishi mumkin. 16 yanvardan elektron chiptalarni o‘tkazish uchun arizalar qabul qilinadi.
Yanvar oyida teatr oltita, fevralda esa 22 ta spektakl namoyish etadi.