Bugun 21 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Ilhom Aliyev O‘zbekistonga keladi

Ilhom Aliyev  O‘zbekistonga keladi

Ilhom Aliyev 23-24 avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.

Tashrif doirasida oliy darjadagi muzokaralar hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengashi yig‘ilishi rejalashtirilgan.

Muzokarlarda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar va hududlar o‘rtasidagi kooperasiyani chuqurlashtirish, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar to‘plamini imzolash hamda qator iqtisodiy va gumanitar loyihalarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: Bugun 20:08. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!