Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ikki tomon ham urushdan charchagan: Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zgarishlar bo‘ladimi?

Ikki tomon ham urushdan charchagan: Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zgarishlar bo‘ladimi?

Turkiya Tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, Kelasi yilda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin.

"Ikki tomon ham urushdan charchaganligi sababli 2025 yilga kelib o‘zgarishlar paydo bo‘lishi mumkin. Vaziyat qanday rivojlanishini ko‘ramiz", – deya fikr bildirdi Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan Hürriyet nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, Fidan Kiyev va Moskva o‘zaro muloqot yo‘llarini izlashda davom etayotganini, biroq tomonlarning hech biri muzokara jarayonida mag‘lubiyatga uchragandek ko‘rinishni istamayotganini ta’kidladi.

"Urushning adolatli yakunlanishi Ukrainaning hududiy yaxlitligi doirasida bo‘lishi kerak", — deya qo‘shimcha qildi Turkiya Tashqi ishlar vaziri.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on Putin Ukrainadagi urushni tugatishni xohlayotganini aytgan edi.

Kiritildi: 21:48 04.11.2024. O'qildi: 1121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!