AQSh samolyotiga ikki kabutar kirib qolishi sabab reys kechiktirildi.
Hodisa samolyot havoga ko‘tarilishidan avval sodir bo‘lgan.
Vaziyatni yumshatish uchun uchuvchi hazil bilan: “Aziz yo‘lovchilar, bortda yovvoyi jonzot bor”, — deb e’lon bergan. Bu yo‘lovchilar o‘rtasida vahimaning oldini olib, kulgiga sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng samolyotga yuk xizmati xodimlari kabutarlarni ehtiyotkorlik bilan bortdan chiqarib yuborishgan.