Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ikki futbolchimizning transfer narxi oshdi

Ikki futbolchimizning transfer narxi oshdi

“Transfermarkt” portali Eron va Turkiya milliy chempionatida faoliyat olib borayotgan futbolchilarning transfer narxlari yangilanganini e’lon qildi.

Quvonarlisi, Eronning "Istiqlol" klubi yarim himoyachisi, hamyurtimiz Jaloliddin Masharipovning transfer narxi 1,8 million yevro etib baholandi. Bu esa o‘tgan galgi narxidan 100 ming yevroga ko‘p. J.Masharipov bugunga qadar "Istiqlol" safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ikki futbolchimizning transfer narxi oshdi

Ikki futbolchimizning transfer narxi oshdi

Turkiya Superligasida qatnashayotgan "Rizespor" klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulovning transfer narxi 200 ming yevroga oshdi va 1,7 million yevro deya baholandi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, H.Aliqulov bu mavsumda "Rizespor" safida 15 ta o‘yin o‘tkazdi va 3 ta gol urdi.

Kiritildi: 09:43 24.12.2024. O'qildi: 2239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!