Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nazoratga olinib, Ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan atroflicha o‘rganildi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ushbu video Tojikistonning Xatlon viloyati, Regar tumanida olinganligi aniqlandi. Shuningdek, voyaga yetmagan bolalarning onasi Rossiyaga ishlash maqsadida ketgani, bolalar esa amakisining qo‘l ostida qolib, zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragani ma’lum bo‘ldi.
Biz ommaviy axborot vositalari va blogerlarni ma’lumotlarni nashr etganga qadar ularning haqqoniyligini diqqat bilan tekshirishga chaqirib qolamiz. Noto‘g‘ri ma’lumotlar ishonchsizlikka olib keladi, shuningdek, jamiyatda notinchlik va yolg‘on ma’lumot tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.