Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Malika Axmedova tergov harakatlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan videomurojaati tarqaldi.
Unga asosan 11 aprel kuni M.Axmedova Mirzo-Ulug‘bek tumani prokurori Aliakbar Pulatovning qabuliga taklif qilindi va uning tergov bilan bog‘liq e’tiroz va vajlari tinglandi.
Qabul davomida M.Axmedovaga tuman prokuraturasiga taqdim qilingan jinoyat ishi tegishli tartibda o‘rganib chiqilganligi va tergov organiga ish bo‘yicha qo‘shimcha tergov harakatlarini o‘tkazish haqida yozma ko‘rsatma berilganligi tushuntirildi.
Ma’lumot tariqasida: 8 aprel kuni jinoyat ishi ayblov xulosasini tasdiqlash va sudga yuborish uchun tuman prokuraturasiga taqdim qilingan.